Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

YOSHLAR OT SPORTIGA KENG JALB ETILMOQDA

Ayni vaqtda o‘smirlar va yoshlarni ot sporti, zamonaviy beshkurash, polo va uloq-ko‘pkari bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash ishlariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada amaliy harakatlar boshlab yuborilgan.

Respublikamizdagi ot sporti mahorati maktablari faoliyatini rivojlantirish, yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish borasidagi ishlar Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan manzilli ravishda olib borilmoqda.

“O‘zbegim otlari” ot zavodi ippodromida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun tashkil etilgan musobaqada 40 dan ziyod otlarda sportchilar bellashuvlarga kirishdi.

Musobaqada yosh chavandozlar ot choptirish borasida hudud yoshlariga mahorat maktabi o‘tab berishdi. Ularning harakatlari bolalarda katta taassurot qoldirdi. Sportchilar boshqaruvida ippodrom uzra axal-taka, ingliz, arab va qorabayir zotdor otlari yeldek uchib o‘tishdi.

Tadbir so‘ngida har bir masofa bo‘yicha g‘olib bo‘lgan ot sporti ustalariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Tashkilotchilar esa bu kabi musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olishdi.

Text to speech