Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Yurtimiz bo‘ylab pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda

Bir kunning o‘zida – 18 noyabr kuni Toshkent hamda ikki tumanda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bo‘yicha uchta maʼlumot aniqlandi.

Shayxontohur tumani Chorsu bozorida zangiotalik 18 yoshli X.J. noqonuniy pirotexnika mahsulotlarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida jami 38 quti ikki xil pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, Bektemir tumanida jizzaxlik 19 yoshli U.J ham “Bomba” deb nomlangan 20 quti pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, angrenlik 20 yoshli U.S “Sompass” savdo majmuasida tashrif buyuruvchilarga pirotexnika mahsulotlarini taklif qilayotganda mazkur hududda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘lga olindi. Tekshiruv vaqtida fuqaro U.S.ning yonida 10 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlandi.

Yuqorida qayt etilgan holatlar yuzasidan har bir huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-1-moddasi bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Hurmatli yurtdoshlar, sizdan sog‘lig‘ingizga va ayniqsa, bolalar salomatligi va xavfsizligiga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz: noqonuniy pirotexnika sotib olmang va bolalaringizning xati-harakatlariga eʼtiborli bo‘ling.

Unutmang, pirotexnika vositalari bilan o‘ynash jiddiy jarohatlar va ayanchli holatlar bilan yakunlanadi.

Text to speech