Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“O‘zbekistonda konstitutsiyaviy kafolatlar: mutanosiblik, tenglik va adolat prinsiplari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetida “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda konstitutsiyaviy kafolatlar: mutanosiblik, tenglik va adolat prinsiplari” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiyada davlat tashkilotlari vakillari, sud-huquq tizimi mutaxassislari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquqshunoslar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Konstitutsiyada belgilangan mutanosiblik, tenglik va adolat prinsiplari amaliyotda qanday tatbiq etilayotgani, inson huquqlari kafolatlari va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha fikr almashdilar. Muhokamalarda tenglikni ta’minlash, diskriminatsiyaning oldini olish, adolatli sud tizimini shakllantirish kabi dolzarb masalalar ham yoritildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish hamda ilmiy-amaliy takliflarni davlat dasturlariga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ilgari surildi.

 

Text to speech