Qodirova Rayxona Yusuf qizi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchisi, 1993 yil 10 noyabrda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
Sport turi - boks. Xalqaro toifadagi sport ustasi.
2021 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada O‘yinlari qatnashchisi. Ayollar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Rayxona Qodirova yarim final ostonasida Beatriz Ferreyraga imkoniyatni boy berdi. Tajriba bobida Rayhonadan ancha ustun turuvchi, Jahon chempioni Ferreyra raqibiga butun jang davomida deyarli imkon bermadi.
Natijalari:
| 2018-2020 yillar | O‘zbekiston Chempioni | 1 o‘rin | 
| 2018 yil | Xalqaro turnir | 1 o‘rin | 
| 2019 yil | Xalqaro turnir | 1 o‘rin | 
| 2020 yil | Xalqaro turnir | 3 o‘rin | 
 
                     
                                     
                                                             
                                                             
                                                            