O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONI, GENERAL-POLKOVNIK TASHMATOV B.X. GA
HURMATLI BAHODIR HAMIDOVICH!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan eng samimiy va ezgu tilaklarim bilan muborakbod etaman!
Ushbu qutlug‘ sana bizga davlat qudrati mehnat, mas’uliyat, sha’n va harbiy burchga sadoqatga tayanishini yana bir bor eslatadi. Milliy gvardiyaga rahbarlik qilish yuksak matonat, strategik donishmandlik, jasorat va Vatanga beg‘araz sadoqatni talab etadi. Aynan Sizning qo‘mondonligingiz ostida gvardiyachilarning hamjihatlikdagi xizmati jamoat xavfsizligini, fuqarolarning osoyishta hayotini hamda mamlakatimiz suverenitetining mustahkam asoslarini ishonchli himoya qilishni ta’minlamoqda.
Barchamiz uchun O‘zbekiston — turli madaniyat va e’tiqod vakillari tinchlik va hamjihatlikda yashayotgan umumiy va muborak maskandir. Xalqimizning birdamligi, o‘zaro hurmati va Vatan himoyachilarining fidokorona mehnati doimo jamiyatdagi barqarorlik, totuvlik va ertangi kunga bo‘lgan ishonchning asosiy poydevori bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Ushbu bayram kunida Sizga, hurmatli Bahodir Hamidovich, mustahkam sog‘liq, tuganmas kuch-g‘ayrat, oqilona qarorlar hamda ishonchli safdoshlar yelkadoshligini tilayman. Har bir ezgu tashabbusingiz muvaffaqiyat bilan yakun topsin, xonadoningizdan doimo tinchlik, farovonlik va totuvlik arimasin!
Chuqur hurmat bilan,
TOSHKENT VA O‘ZBEKISTON METROPOLITI,
O‘RTA OSIYO MITROPOLITLIK OKRUGI RAHBARI