“Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi Milliy kino san'ati saroyida bo'lib o'tdi. Film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Milliy gvardiya, Jamoat xavfsizligi universiteti hamkorligida suratga olingan bo'lib, harbiy xizmat, fidoyilik hamda gender tenglik masalalarini namoyish etadi. Filmda Milliy gvardiya kursantlari ham ishtirok etgan. Asosiy qahramon — Vatan xizmati yo'nalishida jasorat qilish arafasida bo'lgan Komila. “Jasorat” filmi “Vatan fidoyilari” seriali asosida yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Milliy kino san'ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universiteti bilan hamkorlikda suratga olingan “Jasorat” nomli harbiy drama filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
“Jasorat” deb nomlangan mazkur film harbiy hayot asosiga qurilgan. Undagi voqealar rivoji Qurolli Kuchlar tizimidagi osoyishtalik posbonlarining el-yurt hayoti xavfsizligi yo`lidagi xizmatlariga bag`ishlahgan bo`lib, ularning fidoyiliklari ta`sirchan epizodlarda berilgan. Filmda gender tenglik masalasiga ham alohida urg`u berilgan. O`zbek xotin-qizlarining Vatan, uning tinchligi yo`lida qanchalar yonib yashashlari, olam havas qilgulik darajadagi pokizaliklari mavzu rivojiga asos qilib olingan. Mazkur filmni hayajonsiz ko`rish aslo mumkin emas.
O`zbek kino san`atining qator iste`dodli ijodkorlari ishtirokida taqdim etilayotgan filmning suratga olish jarayonlari O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining sport majmuasida, o`quv binolarida, shuningdek, murakkab iqlim sharoitida dala o`quv maydonlarida kechdi. Unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va oliy harbiy ta`lim dargohi kursantlari ham turli epizodlarda ishtirok etishgan.
Shuni alohioda aytish kerakki, bu film “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, “BABR FILMS” studiyasi hamkorligida tayyorlandi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF–6202-sonli Farmoniga muvofiq o`tgan “Har bir serial — bir missiya” tanlovining g‘olibi bo‘lgan “Vatan fidoyilari” seriali asos qilib olingan.
Film nomi – “Jasorat”. Bu degani faqat jismoniy kuch emas, balki, qo‘rquv, og‘riq va og‘ir sinovlar jarayonida namoyon bo‘ladigan ruhiy matonat va iroda talqini. Asar markazida bosh qahramon Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Komila turadi. U xalq xizmati yo‘lida qat’iyatli va jasur, biroq uning hayotida xavfli sir mavjud. Bu sir oshkor bo‘lsa, u ham o‘qishidan, ham hayotidagi eng muhim sport sinovi — triatlon saralashidan mahrum bo‘ladi. Qattiq intizom, raqobat va bosim ostida Komila eng og‘ir jangni — burch, sadoqat va jasoratga yo`g`rilgan o‘z jismi va ruhiy olami bilan kurashni boshdan kechiradi.
Film ssenariy mualliflari: Jamshid Narziqulov, Bobur Sher o‘g‘li
Rejissor: Jamshid Narziqulov
Tasvirchi: Sarvar Sodiqov
Bastakor: Shohruh Jamolov
Rassom: Samandar Norqo‘ziyev
Prodyuser: Bobur Sher o‘g‘li tomonidan suratga olingan.
Bu kabi vatanparvarlik haqidagi filmlar har bir tamoshabinda yurtga muhabbat, faxr va mas’uliyat tuyg`ularini kuchaytiradi, jasorat, fidoyilik, sadoqat, hamjihatlik kabi fazilatlarni shakllantiradi.