Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASI QO‘MONDONINING MAMLAKATIMIZ AHOLISIGA MUROJAATI

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Sizlarga yaxshi maʼlumki, keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadri ulug‘lanadigan, qonun va adolat ustuvor bo‘lgan demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Bu jarayonda ayniqsa aholi tinchligi va osoyishtaligi, fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini so‘zsiz himoya qilish, “Xavfsiz hudud”, “Xavfsiz mahalla”, “Xavfsiz bozor” kabi tamoyillarga qatʼiy amal qilgan holda, Yangi O‘zbekistonda Xavfsiz mamlakat muhitini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 28 iyul kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishida, yurtimizda jinoyatchilikni jilovlash hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi muammolarni tizimli hal etish, ayniqsa “huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi” usullari asosida ko‘chalarimiz va  mahallalarimizda osoyishta muhitni yaratish bo‘yicha barcha masʼul idora va jamoatchilik vakillarining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yib, bu borada tub o‘zgarish yasash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi organlari boshqa huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda ushbu dolzarb vazifalarni bajarish, jamoat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda xalqimizning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda aniq reja asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu jarayonda Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari, xiyobonlar va ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki ishonchli qo‘riqlanishini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qadrli hamyurtlar!

Milliy gvardiya o‘zining keng qirrali xizmat faoliyatini amalga oshirishda avvalo Siz azizlarga, mahalla faollariga, el-yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashayotgan barcha fuqarolarimizga tayanadi.

“Xavfsiz mahalla – xavfsiz turmush garovi” tamoyili asosida mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olish, ularni yuzaga keltirayotgan asl sabab va omillarni bartaraf etish, Sizu bizning asosiy vazifalarimizdan biri deb hisoblaymiz. Nega deganda, bugungi kunda mahallalardagi vaziyatni tahlil qilar ekanmiz, ming afsuski, biz huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabablardan ko‘ra, ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilan band bo‘lib qolayotganimiz ayon bo‘lmoqda.

Mahallalarimizda yoshlar tarbiyasiga yetarli darajada eʼtibor qaratilmagani tufayli voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoiy va nosog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish holatlari ko‘paygani ham salbiy vaziyatning kuchayishiga olib kelmoqda. Bunga barham berish uchun avvalo mahallalarda jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf etishimiz zarur.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatma va topshiriqlari asosida Milliy gvardiya bu borada o‘zining barcha kuch va imkoniyatlarini jalb etgan holda, tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni aniq belgilab oldi.

Birinchidan, bugungi kunda ayrim bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlar texnik va xavfsizlik vositalari bilan yetarli darajada jihozlanmagani hamda jamoat nazorati maskanlari mavjud emasligi oqibatida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilmoqda hamda favqulodda holatlar yuzaga kelmoqda.

Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ilmiy yondashgan holda, yaratilgan “Qo‘qon tajribasi” barcha hududlardagi bozorlarda joriy etiladi.

Viloyatlar markazlaridagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning maʼmuriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralarni o‘rnatish choralari ko‘riladi.

Jamoat tartibini saqlash, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirish maqsadida, qo‘shimcha videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi va Yagona monitoring markaziga integratsiya qilinadi.

Bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlardagi savdo obyektlari individual qo‘riqlash bo‘yicha signalizatsiya vositalari hamda ular joylashgan hududlar “Tashvish” tugmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi. Ushbu obyektlarga qarashli maydonlar va ularning yon-atrofida tushuntirish, targ‘ibot ishlari hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirishga qaratilgan chora-tadbirlar kuchaytiriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, biz bu ishlarimizni tubdan ko‘rib chiqqan holda, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘ramiz. Natijada “Xavfsiz bozor”, “Xavfsiz dam olish maskani” konsepsiyalarni hayotga tatbiq etilishiga erishamiz.

Ikkinchidan, mahallalarda huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha yangi tizim va amaliyot joriy etilib, mulkiy va jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyatlar sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan obyektlarda doimiy kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan binolar yoki ularga kirish yo‘laklariga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalarini o‘zida birlashtiradigan “Ye-Hamkor” dasturi tatbiq etilib, ushbu dastur ichki ishlar organlarining hududiy situatsion markazlariga integratsiya qilinadi.

“Qizil” toifali mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga ilmiy nuqtai nazardan yondashish va bu yo‘nalishdagi ishlarni maqsadli tashkil etish uchun, Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalarida Jamoat xavfsizligi universitetining amaliy laboratoriyalari tashkil etiladi. Bunda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishiga zamin yaratadigan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan ish usullari ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etib boriladi.

Amaliy laboratoriya xodimlari mahallalarda ish olib borayotgan shaxsiy tarkibning maʼmuriy huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantiradi, mahallalardagi “yettilik” bilan hamkorlikda “Tinch va ahil oila”, “Jinoyatdan xoli mahalla” va “Raqamli mahalla” ilmiy-amaliy loyihalari doirasida faoliyat ko‘rsatadi.

Jinoyatlarning oldini olish borasida mahallalardagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha “Fuqarolar bilan ishlash moduli” asosida uzluksiz o‘qitish tizimi tashkil etiladi.

Uchinchidan, maktablarimizda xavfsiz muhitni yaratishga, o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, shahar-tuman markazlaridagi barcha taʼlim muassasalariga “tashvish” tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi hamda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olindi.

Kelgusida ham taʼlim muassasalarining qo‘riqlov tizimini takomillashtirish borasida “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etilib, bu sohada keng ko‘lamli ishlarni davom ettiramiz.

To‘rtinchidan, fuqarolarning yashash joyidagi mol-mulkini ishonchli qo‘riqlash, ularni noqonuniy egallash holatlarini barvaqt oldini olish va o‘z vaqtida chek qo‘yishni – oldimizdagi asosiy maqsadlaridan biriga aylantiramiz! Ishontirib aytamanki, bu borada Milliy gvardiyada barcha zarur zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari, dasturlari va uskunalari mavjud bo‘lib, fuqarolarimizning mol-mulkini kafolatli qo‘riqlov tizimi qamrovi kengaytiriladi.

Shu bois, aholimizga o‘z uylarida texnik qo‘riqlov tizimlarni hamda tashvish tugmalarni o‘rnatishni tavsiya etaman, uzoq yillar davomida halol mehnati bilan to‘plagan mol-mulki va moddiy boyliklarini saqlashga beparvo bo‘lmasligi hamda o‘zgalar tomonidan tajovuz qilinishiga sharoit yaratib qo‘ymasliklarini so‘rab qolaman.

Hurmatli vatandoshlar!

Barchamiz hayot tajribamizdan yaxshi bilamiz, bu dunyoda hech kim jinoyatchi yoki huquqbuzar bo‘lib tug‘ilmaydi. Ayrim insonlarning ana shunday xatoga yo‘l qo‘yishiga ularning atrofidagi muhit, muayyan sharoit sabab bo‘ladi.

Shunday ekan, azizlar, keling hammamiz bir tanu bir jon bo‘lib, avvalambor, ana shunday salbiy muhitni, jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan sharoitlarni bartaraf etaylik!

Unib-o‘sib kelayotgan farzand va nabiralarimizning buguni va kelajak taqdiri uchun masʼuliyat va javobgarligimizni bir necha bor oshirib, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, ularning baxti va kamoli uchun oila, mahalla va jamiyatda avvalo sog‘lom muhit barqaror bo‘lishiga erishaylik!

Ko‘pni ko‘rgan, olijanob xalqimizning “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan ibratli naqliga amal qilib, birinchi navbatda o‘z jigarbandlarimiz, qolaversa, qo‘ni-qo‘shnilarimiz, yoru birodarlarimiz farzandlariga, mahallalarimiz bolalarining yurish-turishi, taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborli bo‘laylik!

Shu aziz vatan – Yangi O‘zbekiston barchamizniki. Jonajon yurtimizdagi tinch va osoyishta, farovon hayotni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash va yana-da mustahkamlash barchamizning muqaddas burchimiz.

Hech qachon unutmaylik, erkin va farovon hayotimizning eng muhim sharti bo‘lgan ana shunday dolzarb vazifalarni o‘zimiz bajarmasak, hech kim chetdan kelib, biz uchun qilib bermaydi.

Shunday ekan, barchamiz avvalo o‘zimizning huquqiy ong va madaniyatimizni, ota-bobolarimiz anʼanalariga sadoqatimizni namoyon etaylik, qonun va qoidalarga qatʼiy amal qilib, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlariga murosasiz bo‘lib, ularga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yaqindan yordam beraylik!

Ko‘pmillatli xalqimiz, kelajagimiz egalari bo‘lgan aziz farzand va nabilarimizning baxtli va farovon hayotining asosiy kafolati ham aynan shundadir.

Rustam Djurayev, general-mayor

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni

Manba “Yangi O‘zbekiston” gazetasi

Text to speech