SAMARQAND VILOYATIDA HARBIY XIZMATCHILAR VA XODIMLAR OʻRTASIDA VOLEYBOL BOʻYICHA SARALASH BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI.
Samarqand viloyati Milliy gvardiya boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin va murosasiz bahslarga boy boʻlgan mazkur bellashuv davomida terma jamoalar ushbu sport turi boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.
Faxrli birinchi oʻrinni egallagan gʻolib jamoa Respublika miqyosida oʻtkaziladigan musobaqaga yollanmani qoʻlga kiritdi.
Bellashuv yakunida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.