AHOLINI ISH BILAN TAʼMINLASH-USTUVOR VAZIFA
Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lgan yoshlar hamda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish borasida Milliy gvardiya tuzilmalarida qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 22 aprel kuni Samarqand viloyati Toyloq tumani 2-sonli Kasb-hunar maktabida Toyloq, Bulung‘ur, Jomboy va Urgut tumanlarining "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"dagi bandligi taʼminlanmagan fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida Samarqand viloyati xokimligi hamda Milliy gvardiya Samarkand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 68 ta korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘lgan 815 taga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdilar.
Mazkur yarmarkada Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolari bilan suhbat o‘tkazib, shundan 24 nafariga korxona va tashkilotlardan bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi.
Yarmarka davomida korxona, tashkilot va muassasalar maʼlumotlar, shuningdek, ish jarayonlari, xodimlar uchun yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida targ‘ibot materiallari orqali ko‘rgazmalar tashkillashtirildi.