AJDODLAR MATONATI VA JASORATI AVLODLAR UCHUN NAMUNA
Ko‘rsatilgan jasorat, yurtga sadoqat, vatanparvarlik, tinchligimiz yo‘lida qilgan fidoyiliklari uchun minnatdorlik bildirish maqsadida Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari O‘zbekiston tumani Katta qaytar qishlog‘i Soy bo‘yi mahallasi 40 uyda yashovchi 101 yoshni qarshi olgan ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota Rahimov xonadoniga tashrif buyurishdi.
Sinovli kunlar qahramoni urush yillaridagi zulmatli kunlar, uning butun jahonga yetkazgan salbiy taʼsirlari va hozirgi mustaqilligimiz munosabati bilan davlatimizda bo‘layotgan rivojlanish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib o‘tib, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishi, yurtimiz yana-da rivojlanishi uchun duoga qo‘l ochildi.
Joylarda o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar keksalarimizning bosib o‘tgan yo‘li, hayotiy tajribasi yoshlarga ibrat bo‘lmoqda.