Ayni kunlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari xayrli ishga qo‘l urib, "Men donorman" aksiyasida faol ishtirok etishmoqda.
Dastlab harbiy xizmatchi va xodimlar malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, shundan so‘ng belgilangan tartibda beg‘araz qon topshirishdi.
Jarayon davomida mutaxassislar sog‘lom kishining qon topshirishi o‘z salomatligi uchun nechog‘lik foydali ekanligi, qolaversa, topshirilgan qon davolanishi qiyin bo‘lgan onkogematologik va talassemiya kasalliklariga chalingan bemorlar hayotini saqlab qolishda muhim o‘rin tutishi xususida to‘xtalib o‘tishdi.