Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Qalqon” guruhi jamoalari o‘rtasida “Ko‘pkurash” sport musobaqasi o‘tkazildi

Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyatimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Qalqon” guruhi jamoalari o‘rtasida “Ko‘pkurash” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Mazkur sport musobaqasida talabalar turnikda tortilish, kamondan o‘q otish, arqon tortish, estafeta, qurolini yoyish va yig‘ish hamda shaxsiy himoya to‘plamini kiyish shartlari bo‘yicha bellashdilar

Musobaqa natijalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Urganch davlat universiteti

2-o‘rinni RANCH texnologiya universiteti

3-o‘rinni Urganch davlat pedagogika universiteti egalladilar.

Shuningdek, yoshlarni vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash, ular ongida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan ushbu tadbirimizda Oliy taʼlim muassasalari talabalari, viloyat Sardorlar hamda Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan yoshlari uchun qurol aslaha va maxsus vositalar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi

Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va etalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech