ANDIJON VILOYATIDA MILLIY GVARDIYA XODIMLARI NAVBATDAGI DONORLIK AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI
Qon va qon mahsulotlari avariya, tabiiy ofat va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam ko‘rsatishda, shuningdek, qon donorligi homiladorlik va tug‘ish natijasida qon ketishini boshdan kechirgan ayollarga, bezgak va to‘yib ovqatlanmaslik natijasida og‘ir anemiya bilan og‘rigan bolalarga, qon va suyak iligi kasalliklari, gemoglobin sintezi va immunitet tanqisligi bilan og‘rigan bemorlar, murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga juda muhim manbadir.
Shu sababli, qon va qon mahsulotlariga ehtiyoji yuqori bo‘lgan insonlar yurtdoshlarimizni orasida juda ko‘p. Har kuni minglab insonlar donorlar qoniga muhtojlikni sezishadi. Afsuski, qonni sunʼiy tarzda ishlab chiqishning imkoni yo‘q va uning yagona manbai beg‘araz donorlardir.
Ezgulik ulashish, insonlarni qaysidir maʼnoda hayotini saqlab qolish maqsadida Milliy gvardiya Andijon viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan navbatdagi beg‘araz maqsadli donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
O‘ylaymizki, hamkasblarimizning bu kabi xayrli ishlari natijasida ko‘plab yurtdoshlarimiz najot topadi