Andijon viloyatida Milliy gvardiya xodimlari beg‘araz donorlik aksiyasida ishtirok etishdi
Milliy gvardiya xodimlari "Qon topshir - hayot inʼom et" shiori ostida ostida o‘tkazilgan beg‘araz donorlik xayriya aksiyasida faol ishtirok etishdi.
Donor o‘z qonini berishi bilan kimningdir hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin. Xodimlar ham shuni yaxshi anglagan holda o‘z xohishlari bilan qon topshirishdi.
Xodimlar qonga muhtoj bo‘lgan bemorlarga hayot bag‘ishlash hamda ularning sog‘ayib ketishlariga o‘z hissalarini qo‘shganidan mamnun bo‘ldilar.
Xayriya aksiyada yig‘ilgan qon preparatlarini respublikamizdagi onkologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazlarida davolanayotgan bemorlarga xayriya sifatida berilishi ko‘zda tutilgan.
Bu kabi tadbirlar jamiyatdagi har bir shaxsning salomatligini saqlash va yordamga muhtojlarga kerakli yordamni ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega.