Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Andijon hamda Namangan viloyatlarida harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Milliy gvardiya Andijon va Namangan viloyatlari bo‘yicha boshqarmalarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlari ishtirokida oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Respublika Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi aʼzosi senator G.Marupova, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari S.Mamayusupov, Respublika Harbiy prokuraturasi masʼul xodimi A.Abdurahmonovlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda hozirgi kunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tib, yoshlarni tavsiyanoma olganliklari bilan samimiy tabriklashdi.

Shundan so‘ng,tizimda namunali xizmat qilayotgan 68 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar taqdim etildi.

Text to speech