Harbiy vatanparvarlik sinflari bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davom etmoqda.
Milliy gvardiy Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qo‘riqlash boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan 1-sonli umumtaʼlim maktabining 7-sinfiga yangi qabul qilingan Milliy gvardiyaga ixtisoslashtirilgan sinf o‘quvchilari bilan Milliy gvardiya tasarrufidagi Chavandozlar maktabi, O‘zbekiston yoshlar markaziga, Namangan viloyati tarixiy va madaniyat davlat muzeyiga ekskursiya tashkillashtirildi hamda uquvchilar Qo‘riqlash boshqarmasidagi yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Bunday tadbirlarni tashkil qilinishi o‘quvchi yoshalarga vatanparvarlik tuyg‘ularini shakillantirishda muhim o‘rin tutadi va o‘z navbatida Milliy gvardiyaga tizimida faoliyat yuritishga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshiradi.