Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“Harbiy-vatanparvarlik oyligi” doirasida Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvi tashkil etildi

Milliy armiyamizda olib borilayotgan tub islohotlar, muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ijtimoiy himoyasi yo‘lida amalga oshirilgan qator chora-tadbirlar natijasida, bugun Qurolli Kuchlarimizga havas ko‘zi bilan boqayotgan minglab nigohlarni uchratamiz. Shu kabi maqsadlariga erishib, yigitlik burchini o‘tayotgan yurt posbonlari bugun o‘z mahallasiga tashrif buyurib, ota-onasi va yaqinlari bilan diydorlashishdi.

Tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv farzandini sog‘ingan ota-onalar va aka-ukalarga chinakam bayramona tuhfa bo‘ldi. Qizg‘in suhbat davomida askarlar harbiy xizmatda erishgan yutuqlari, oldiga qo‘ygan yangi orzu-maqsadlari haqida yaqinlariga so‘zlab berdi.

Vatanimiz tinchligini himoya qilayotgan mard askarlar safida farzandi ham xizmat qilayotganligidan faxrlanayotgan ona ko‘zlarida quvonch yoshlari bilan dil so‘zlarini izhor qildi.

Uchrashuv unutilmas, quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi.

Text to speech