Harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Triatlon bo‘yicha jahon chempionatida Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchisi kuchli uchlikdan joy oldi
Xalqaro harbiy sport kengashining (CISM) sport tadbirlari rejasiga muvofiq Turkiyaning Izmir shahrida triatlon bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli musobaqada 20 dan ortiq davlatdan 300 dan ortiq sportchilar ishtirok etish.
Jahon chempionatida faxrli uchinchi o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakili, katta leytenant Alina Hakimova egalladi.
Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan Alina Hakimovani mazkur nufuzli xalqaro musobaqadagi navbatdagi g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etib, unga xizmat va sport sohasida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!