ASAKADA SPORTNING “KIKBOKSING” TURI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI
Joriy yilning 23-25 iyul kunlari Andijon viloyati Asaka tumani “Temurzoda” Kikboksing klubida 13 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va uyushmagan yoshlar hamda Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida sportning “Kikboksing” turi bo‘yicha Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Kubogi o‘tkazildi.
Barcha ishtirokchilarning tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lib, bahslar juda qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tdi, shunga qaramasdan eng munosiblar g‘olib deb topildi.
Natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin Andijon tuman terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Asaka tuman jamoasi egalladi, Milliy gvardiya jamoasi esa faxrli 1- o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa ishtirokchilariga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.