Hashar davom etmoqda
Respublikamizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari hamda ularning oila aʼzolari ham ushbu hayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek, joylarda ular tomonidan xizmat vazifasini bajarish mobaynida halok bo‘lgan safdoshlarining oilasidan, hamda ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar holidan xabar olish kabi ezgu ishlar ham amalga oshirilmoqda.