ASSALOM BAHOR!
Yurtimizga bahor keldi. Ona-tabiat uyg‘onib, atrof-tevarak yashillikka burkanishni boshladi. Shu kezlarda shahrimizning barcha umumtaʼlim maktablarida bahoriy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Aynan shunday tadbirlarning biri Chilonzor tumanidagi 202-sonli maktabida “Assalom, bahor!” mavzusida tashkillashtirildi.
Tadbir doirasida yoshlarni musiqa, rassomlik, sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi to‘garaklar aʼzolari o‘z ijod namunalarini namoyish etishdi va o‘quvchilar o‘rtasida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi vakillari, mahalla faollari ham ishtirok etdi.