Bedarak yo‘qolgan qizcha ota-onasi bag‘riga sog‘-omon qaytarildi
Joriy yilning 7 fevral kuni taxminan soat 21:00da Samarqand viloyati “Qo‘riqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan Qorasuv massivi “Shodiyona” mahallasi hududida “Bedarak yo`qolgan” deb eʼlon qilingan fuqaro A.M.topilib, shahar IIO XPB ga topshirilgan.
Maʼlum bo‘lishicha pastdarg‘omlik 13 yoshli A.M 30 yanvar kuni yashash xonadonidan sababsiz chiqib ketganligi sababli onasi T.M IIBga murojaat qilib, holat yuzasidan axborot bergan. 30 yanvar kunidan boshlab qizaloq “Bedarak yo`qolgan” deb eʼlon qilingan.
Viloyat IIO hamda “Qo‘riqlash” xodimlarining tezkor saʼy-harakati tufayli qizcha ota-onasi bag‘riga sog‘-omon qaytarildi.