“ BEG‘UBOR QALBLARNING SHODLIK SADOSI ”
Xabaringiz bor kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati Qarshi shahrida joylashgan “Muruvvat” internat uyiga tashrif buyurib, muassasada uchraydigan qator kamchiliklar bilan yaqindan tanishgan edi.
Tashrif davomida, mutasaddi tashkilot rahbarlari tomonidan bildirilgan kamchilik va takliflar chuqur o‘rganilib, muammoni bartaraf etish borasida tegishli chora tadbirlar belgilangan edi.
Joriy yilning 26 avgust kuni “Muruvvat” uyida tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun yana bir esda qolarli kunlardan biri bo‘ldi. Qo‘riqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan imkoniyati cheklangan bolajonlarga foydalanishlari uchun sunʼiy qoplamali 3 ta suzish basseynlari joylashtirilib, ishga tushirildi.