Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bektemir tumanidagi narkologiya klinikasi bemoriga giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Bektemir tumanida joylashgan narkologik dispanserda giyohvandlikdan davolanishga yotqizilgan tanishini ko‘rish uchun kelgan va o‘zini shubhali harakatlari bilan ko‘zga tashlangan fuqaro “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Shundan so‘ng xodimlar tomonidan ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda tekshirilganda 30 yoshli fuqaro S. T ekanligi maʼlum bo‘lib o‘zi bilan olib kelgan paketdagi yashil skotch bilan mahkamlangan o‘ram nima ekanini tushuntirishdan bosh tortgan.
Xolislar ishtirokida o‘ram ochib ko‘rilganda esa uning ichida o‘ziga xos hidga ega jigarrang modda borligi aniqlangan.
Chaqiruvga asosan yetib kelgan Qo‘riqlash tezkor guruhi tomonidan ushbu fuqaro hududiy ichki ishlar boshqarmasiga olib kelingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech