Bilimlar-sinovlarda va yuqori jangovar shaylik o‘quv mashqlarda toblanadi. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining yuqori bosqich kursantlari dala o‘quv poligonlarida amaliy mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.
Chirchiq dala poligonida o‘tkazilgan mazkur amaliy mashg‘ulotda Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari tomonidan piyoda tartibda marsh amalga oshirilib, unda turli murakkab sharoitlarda harakatlanish, dushmanning to‘satdan uyushtirishi mumkin bo‘lgan hujumlaridan himoyalanish, shuningdek, kursantlarning chidamlilik va jismoniy qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi.