Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BOLAJONLAR UCHUN HARBIY QISMGA SAYOHAT

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyasini yanada oshirish maqsadida joylarda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun harbiy qismga sayohat tashkil etildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ot sporti bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda yoshlarga tulporga minish, erkin harakatlanish, mazkur jonivorlarning zotlari, ularni parvarish qilish haqida ma'lumotlar berildi. Shuningdek, otda to‘siqlar osha sakrash, bunda xavfsizlik qoidalarini yodda tutish tushuntirildi. Ushbu tadbirlar jarayonlarida yigit-qizlar yangiliklar bilan yaqindan tanishib, o‘zlari ham ot ustida sayr qilishdi.
Harbiy xizmatchilar o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga birma-bir, sodda va ularga tushunarli tarzda javob berdilar.

Text to speech