BO‘LAJAK ChEMPIONLAR MAKTABI
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan yoshlarni sport to‘garaklariga jalb etishga qaratilgan tadbirlar tizimli ravishda olib borilmoqda. Qo‘qon shahridagi 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning dzyudo turi bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar ham bunga yorqin misoldir. Maktabda 100 dan ortiq uyushmagan yoshlar haftada 3 marotaba mutaxassislar tomonidan saboq olib, mahorat darslarida dzyudoning sirlarini mukammal o‘rganmoqda.
Ushbu to‘garaklar yoshlarni jismoniy imkoniyat va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlash, ularning sport turlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kelajakda dunyoning nufuzli musobaqalarida ishtirok etib, yurtimiz bayrog‘ini yuksak ko‘taruvchi sportchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.