Bor mehrimiz senga bolajon!
Xorazm viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan “Bor mehrimiz senga bolajon!” loyihasi doirasida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan “Bor mehrimiz senga bolajon!” loyihasi doirasida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazildi. Harbiy xizmatchi va xodimlar tomonidan topshirilgan hayot tomchilari viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi onkogematologiya bo‘limida davolanayotgan bolalarga yo‘naltirildi.