Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BOSHQARMA BOSHLIG‘INING KUBOGI UCHUN SPORTNING “KIKBOKSING” TURI BO‘YICHA MUSOBAQA BO‘LIB O‘TDI

Mamlakatning taraqqiy topib, rivojlanishi va dunyoga tanilishida sportning o‘rni beqiyos. Jizzax viloyatida xam sport sohasini rivojlantirish hamda yosh avlod ongida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23 iyul kuni Surxondaryo viloyatida sportning kikboksing turi bo‘yicha 13 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan sportchi yoshlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi uchun musobaqa tashkil etildi.

Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchilar 22 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bellashdilar.

Qizg‘in va murosasiz janglarga boy bo‘lgan bellashuvlarda o‘z vazn toifasida ustunlikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech