Bozorga kelgan fuqaro qimmatbaho buyumlarini topib bergan Milliy gvardiya xodimlariga minnatdorchilik bildirdi
7 avgust kuni soat 14.50 atrofida poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi "Eski Juva" bozorida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi xodimlariga bozorga kelgan fuqaro S. F. murojaat qilib, qiymati 1 350 000 so‘m bo‘lgan kiyim-kechagi va qiymati 3 mln so‘m bo‘lgan ikkita oltin uzugi solingan xaltachasi yo‘qolganini maʼlum qilgan.
Amalga oshirilgan choralar natijasida Milliy gvardiya xodimlari S. F. ga tegishli xaltachani ikkita voyaga etmagan qiz adashib olib ketganini aniqlashdi. Begona odamning buyumlari ekanligini bilgach, qizlar ham egasini topishga harakat qilishgan.
Natijada, qimmatbaho xaridlar solingan xaltacha butunligicha S. F.ga qaytarildi.