Bugun poytaxtimizda “Deklaratsiyalar muloqoti” forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda mamlakatimiz va xorijiy davlatlar mutaxassislari tomonidan mazkur anjumanning dolzarbligi xususida fikrlar yuritildi. Forumda O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari vakillari, Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari, Jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston diniy tashkilotlar mutaxassislari ishtirok etmoqda.