BUXORO VILOYATIDA ULOQ-KO‘PKARI MUSOBAQASI BO‘LIB O‘TDI
Joriy yilning 5 oktyabr kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan uloq-ko‘pkari va ot poygasi musobaqalari o‘tkazildi.
Olot tumanida bo‘lib o‘tgan mazkur musobaqada 20 nafardan ziyod mahalliy chavandozlar, Milliy gvardiya harbiy xizmatchi, xodimlari o‘zaro bellashishdi. Tadbirga tashrif buyurgan 100 ga yaqin uyushmagan yoshlar, mahalliy aholi vakillari, havaskor yoshlar qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqani ishtiyoq bilan tomosha qilishdi.
Bellashuv so‘ngida g‘oliblar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.