Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BUXORO VILOYATIDA «BOR MEHRIMIZ SENGA, BOLAJON» SHIORI OSTIDA BEG‘ARAZ DONORLIK AKSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan Buxoro viloyati qon quyish markazida «Bor mehrimiz senga, bolajon» shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash, harbiy xizmatchi va xodimlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali murg‘ak qalblarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Taʼkidlash joizki, beg‘araz donorlik aksiyasida turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan harbiy xizmatchi va xodimlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirdilar.

Text to speech