Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BUXORODA «TO‘MARIS IZDOSHLARI» KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 19 fevral kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xodima ayollar o‘rtasida "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami arafasida «To‘maris izdoshlari» deb nomlangan ko‘rik tanlov bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ko‘rik tanlovni o‘tkazishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy qadriyatlarimiz, tarixiy-maʼnaviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ijodiy salohiyatini oshirish, maʼnaviy barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ko‘maklashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli, ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish, ularning o‘z aql-zakovatini namoyon etishlariga ko‘maklashish va o‘zaro sog‘lom raqobatni shakllantirish, jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish hamda xotin-qizlar manfaatlari bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalarini tizimli yo‘lga qo‘yish va munosib rag‘batlantirishdan iboratdir.

Mazkur bellashuvda hakamlar hayʼati tomonidan harbiy xizmatchi va xodimalarning sohaga oid bilimlari, normativ hujjatlarni bilish darajasi hamda tezkorlik, zukkolik va chaqqonliklari munosib baholandi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamkorligida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda, institutning sanʼatga ixlosi baland talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlari tadbirning yuqori saviyada o‘tishiga xizmat qildi.

Ko‘rik tanlov yakunida g‘oliblar rahbariyat tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.

 

Text to speech