Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

BUYUK SOHIBQIRON АVLODLАRI

Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʼyicha boshqarmasi va umumtaʼlim maktablarida Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 685 yilligi keng nishonlandi.
Xususan, harbiy qism muddatli harbiy xizmatchilari oʼrtasida "Аmir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqasi oʼtkazildi. Musobaqada yosh askarlar sportning tosh koʼtarish, arqon tortish va uzoq masofaga yugurish turlari boʼyicha oʼzaro kuch sinashdilar. Gʼolib va ishtirokchilar diplom va medallar bilan taqdirlandi. Shuningdek yosh askarlar bilan Аz-Zamaxshariy nomli viloyat kutubxonasida "Temur bobom mening faxrim" mavzusida viktorina va kitobxonlik tadbirlari oʼtkazildi.
Bundan tashqari Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʼyicha boshqarmasiga biriktirilgan umumtaʼlim maktablarining harbiy vatanparvarlik yoʼnalishiga ixtisoslashgan sinf oʼquvchilari oʼrtasida Аmir Temurning hayoti va ijodi hamda harbiy sanʼatiga bagʼishlangan "Аmir Temur izdoshlari", "Temur tuzuklari bilimdoni" maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari hamda "Аmir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqalari oʼtkazildi. Oʼquvchilar Аmir Temur hayotiga oid sahna koʼrinishlarini namoyish qilishdi. Tadbir yakunlari boʼyicha ishtirokchilar esdalik sovgʼalari va diplom bilan taqdirlandi. Oʼtkazilgan tadbirlar yoshlar ongida ijobiy taassurot qoldirdi.

Text to speech