Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston milliy armiyasi - mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri

 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri bilan uchrashdi

Joriy yilning 28 iyul kuni Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri S.Soyluning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Milliy gvardiyaning Turkiya Politsiyasi va Jandarmeriyasi bilan jamoat xavfsizligini taʼminlash, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sohalarida hamkorlikni yana-da kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona va strategik sheriklik munosabatlari ikki tomonlama aloqalarni barcha yo‘nalishlarda rivojlantirishning muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

Do‘stona va ishchan muloqot ruhida o‘tgan tadbir yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirishga, qo‘shma amaliy trening va kurslar sonini oshirishga, taʼlim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.

 

Milliy gvardiya

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech