KINOLOG-MUTAXASSISLARINING XIZMAT KO‘PKURASHI BO‘YICHA OCHIQ MUSOBAQAGA START BERILDI
Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Kinologiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi “Qo‘riqlash” bosh boshqarmasi kinolog-mutaxassislarining xizmat ko‘pkurashi bo‘yicha ochiq musobaqaga start berildi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Milliy gvardiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va natijalari, harbiy xizmatchilar va xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida gapirib ishtirokchilarga musobaqada munosib ishtirok etishlari yo‘lida omad tiladilar. Shundan so‘ng ishtirokchilar qura tashlash yo‘li bilan ishtirok ketma-ketligini aniqlab oldilar.
Endilikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 28 nafar ishtirokchilar 5 kun davomida 6 ta shart bo‘yicha, yaʼni umumiy buyruq mashqlarini bajarish, shaxs buyumidan shaxsni qidirib topish, jinoyatchini qo‘lga olish va konvoy qilish, to‘siqlarni yengib o‘tish, iz qidiruv mashqlarini bajarish va xizmat biatloni shartlarida g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.