Davlatimiz rahbarining "IIOni xalqchil professional tuzulmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorining mazmun mohiyati xarbiy xizmatchi va xodimlarga yetkazildi.
Joriy yilning 26 yanvar kuni Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat “Qo‘riqlash” boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining IIOni xalqchil professional tuzulmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Qarorining mazmun mohiyatini yetkazishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot o‘rnida: IIO xodimlari IIVning ichki buyrug‘i bo‘yicha xizmatni tashkil etar edi. Prezident Qarori bilan IIOlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlandi. Endilikda xodimlar mazkur kodeks asosida xizmat faoliyatini olib boradi.
Ushbu kodeks IIOda xodimlar kasbiy madaniyati, xizmat intizomiga oid talablar, xodimlarning o‘zaro munosabatlari, tizimda kasbiy madaniyat va xizmat intizomini taʼminlash hamda yakuniy qoidalar jami 7 bob 74 moddadan iborat ushbu kodeks haqida harbiy xizmatchi va xodimlarga batafsil tushunchalar berildi.