Ehson qutisidagi pullarni o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumanida Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari tomonidan biriktirilgan hududda xizmat olib borilayotgan vaqtda, ushbu hududda joylashgan “To‘ra buva” jome masjidi oldiga o‘rnatilgan ehson qutisini nomaʼlum shaxsning ochishga urinayotganini ko‘rib qolishgan. Xodimlarni ko‘rib qochishga uringan ushbu shaxs tezda qo‘lga olinib, hududiy IIBga topshirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu fuqaro, Xorazm viloyatida tug‘ilgan 43 yoshli fuqaro M.M. ekanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.