YОSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Respublikamiz bo‘ylab aholi sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yana-da rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya tashabbusi bilan Qarshi shahridagi 25-sonli maktabda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan qo‘l jangi sport turi bo‘yicha to‘garakda turli smenalarda 200 ga yaqin yoshlar jalb qilinganligi fikrimiz dalilidir.
Joriy yilning 16 fevral kuni ushbu to‘garak faoliyati bilan tanishish uchun Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari tashrif buyurib, to‘garak aʼzolari bilan ochiq muloqotda bo‘ldi. Unda yosh sportchilarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yoshlarning sportga bo‘lgan kuchli ishtiyoqiga guvoh bo‘lgan mutasaddi rahbarlar ularni rag‘batlantirish maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondonligi nomidan esdalik sovg‘a sifatida sport anjomlarini taqdim etdilar.