EʼTIBOR, EHTIROM, EʼZOZ
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti harbiy xizmatchilari hamda mutasaddi jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda poytaxtimizning Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Gelman Knyazev Isxakovich holidan xabar olindi.
Universitet harbiy xizmatchilari Urush va mehnat faxriysini yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni va ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaning 76 yilligi bilan qizg‘in qutlab, esdalik sovg‘alarini topshirishdi.
Uchrashuv davomida otaxon vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi qizg‘in mehnat faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi.
Shuningdek, Universitet orkestri jamoasi hamda “Alvon beretlar” badiiy havaskorlik ansambli Gelman otaga urush davri kuy-qo‘shiqlaridan namunalar ijro etishdi.