Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

EZGU MAQSAD SARI BIRLASHTIRGAN MARAFON

Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida "Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida Chilonzor tumani "Katta Qozirobod" mahallasida istiqomat qiluvchi qizlar o‘rtasida 1000 metrga yugurish marafoni o‘tkazildi. Dastlab ishtirokchilarga marafonda qatnashish tartib-qoidalari, baholash tizimi haqida maʼlumotlar berildi.

Shundan so‘ng, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidan start olgan marafonchilar "Katta Qozirobod" MFYgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi. Musobaqada havaskor qizlar jismoniy salohiyatini namoyon etib, ochiq osmon ostida belgilangan finish tomon tezlik bilan olg‘a borishdi.

Yuqori ruhda bo‘lib o‘tgan marafon ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi va tadbir so‘ngida g‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech