Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida 50 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi
O‘quv yig‘ini davomida dasturda belgilangan mashg‘ulotlardan tashqari malakali mutaxassislar ishtirokida amaliy seminar va treninglar, fakultativ mashg‘ulotlar hamda bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Joriy yilning 11 fevral kuni o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 50 nafar tinglovchilarga tantanali ravishda Qasamyod va Sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi va ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.