Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida harbiy intizom va huquq-tartibotni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarni huquqiy ongi va madaniyatini yana-da yuksaltirish, shaxsiy tarkibga huquqiy maʼlumotlarni yetkazish maqsadida "Referendum tushunchasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda qonunchilikdagi so‘ngi islohotlarning mazmun-mohiyati" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminar Farg‘ona shahri va viloyati Adliya bo‘limi mutaxassislari, bosh va yetakchi maslahatchilari ishtirokida o‘tkazilib, masʼul rahbarlar tomonidan Referendum tushunchasi va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga yetkazildi va shu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan savollarga batafsil maʼlumotlar berildi.