FARG‘ONA KATTA KURASH MUSOBAQASIGA MEZBONLIK QILMOQDA
Farg‘ona viloyatida bugun katta bayram. Sababi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida sportning “kurash” turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasiga start berildi.
Joriy yilning 23-25 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu musobaqaning ochilish marosimi katta tantana bilan bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marosimda Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya va Qo‘riqlash boshqarmalari, Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Milliy gvardiya “Dinamo” JTSJ mutasaddi rahbarlari va ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar hozirgi kunda yurtimizda sportni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Musobaqada qatnashish uchun Respublika bo‘ylab yuzga yaqin sportchilar yetib kelib, dastlabki kunidan yuqori tayyorgarliklarini namoyon etishdi.