Farg‘ona viloyati IIB hamda Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyati IIB PPX va JTSB va Milliy Gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan fuqaro I.I qo‘lga olindi.