Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘onada katta miqdordagi pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Marg‘ilonda 24 noyabr kuni Farg‘ona viloyati”Qo‘riqlash” boshqarmasi va Marg‘ilon shaharlararo “Qo‘riqlash” bo‘limi xodimlari tomonidan litsenziyasiz pirotexnika vositalari sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida 19 fuqaro A.A.ning yonidan jami 64 dona turli xil pirotexnika buyumlari topildi va musodara qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 17 noyabr kuni soat taxminan 14:30 larda, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida 33 yoshli fuqaro A.I. xonadoning avtomobil saqlanadigan joyi (garajda)da Qirg‘iziston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kirilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 13.200.000 so‘mlik jami 105.600 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari viloyat Bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar, sizdan sog‘lig‘ingizga va ayniqsa, bolalar salomatligi va xavfsizligiga jiddiy munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz: noqonuniy pirotexnika sotib olmang va bolalaringizning xati-harakatlariga eʼtiborli bo‘ling.

Unutmang, pirotexnika vositalari bilan o‘ynash jiddiy jarohatlar va ayanchli holatlar bilan yakunlanadi.

Text to speech