Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

FIRIBGARLARDAN OGOH BO‘LING!

Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan firibgar qo‘lga olindi.

Qashqadaryo viloyatida Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir mobaynida fuqaro Z.X. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang. Pul evaziga ishga yoki o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qiluvchilarga ishonmang. Aksincha Milliy gvardiyaning tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga ushbu telefon raqamlari orqali xabar bering!

Text to speech