Fitrat" bog‘i hududida 200 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Bugungi kunda respublikamiz miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 15 noyabr kuni Milliy gvardiya Buxoro viloyat bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi masʼullari hamda IIV xodimlari tomonidan viloyatdagi “Fitrat” bog‘i hududida 200 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar kelgusida hududning obodligi, ko‘rkamligiga munosib hissa qo‘shadi. Qolaversa, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish – tabiatni asrash, ekologik musaffolikni taʼminlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.