G‘ARAZ NIYATLI SHAXS QO‘LGA OLINDI
Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:30lar atrofida Buxoro viloyati Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab tungi nazorat olib borilayotgan bir vaqtda Shofirkon tumanida joylashgan Xo‘ja Orif Moxitobon ziyoratgohi oldida nomaʼlum shaxs yurganligi aniqlangan.
Masʼul xodimlar tomonidan ushbu fuqaro to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda uning yonidan eshiklar va seyflarni ochish uchun mo‘ljallangan 15 dona turli xil kalitlar va 1 dona 81 sm uzunlikda uchi o‘tkirlangan maxsus temir sim mavjudligi va ziyoratgohning imom-xatibi o‘tiradigan xonasining derazasi buzib ochilganligi aniqlangan.
Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan belgilangan tartibda tuman IIBga olib borilib, dastlabki surishtiruv ishlari o‘tkazilganda ushbu fuqaro Xorazm viloyatida tug‘ilgan M. M. ekanligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.